Komplayens va moliyaviy nazorat shoʻbasi

Shoʻba mudiri:  Aliyev Faruddin Amirmeyovich

 “Farmatsevtika mahsulotlari xavfsizligi markazi” davlat muassasasining Komplayens va moliyaviy nazorat shoʻbasining (keyingi oʻrinlarda Shoʻba deb ataladi)

Shoʻba bevosita Markaz direktoriga bysunuvchi tarkibiy tuzilma hisoblanadi.

 

 Shoʻba mudirligi Markaz tomonidan Oʻzbekiston Respublikasi Korrupsiyaga qarshi kurashish agentligi bilan birgalikda oʻtkaziladigan ochiq tanlov asosida tanlanib, Markaz direktorining buyrugʻi bilan ishga qabul qilinadi.

 Shoʻba oʻz faoliyatini Markazning boshqa tarkibiy boʻlinmalaridan mustaqil ravishda amalga oshiradi. Shoʻba mudiri oʻz faoliyatida bevosita Markaz direktoriga boʻysunadi va uning oldida hisobdordir.

 Shoʻba Markaz hamda uning filiallari faoliyatiga korrupsiyaga qarshi kurashish tizimini joriy qilish va nazorati, qonunchilik hujjatlariga, taʼsis hujjatlariga va ichki hujjatlarga rioya qilinishini tekshirish va monitoring olib borish yoʻli bilan ular ishini nazorat qilish va baholash, maʼlumotlarning buxgalteriya hisobi
va moliyaviy hisobotda aks ettirilishining toʻlikligi va ishonchliligini taʼminlash, xoʻjalik yuritish operatsiyalarini amalga oshirishning belgilangan qoidalari
va taomillariga rioya qilinishi boʻyicha nazorat va monitoring faoliyatini amalga oshiradi.

 

 Shoʻbaning asosiy maqsadlari:

Markaz va uning filiallarida “Korrupsiyaga qarshi kurashish menejment tizimi- IS037001:2016” xalqaro standarti talablariga javob beruvchi kompleks tizimni joriy etish va rivojlantirish;

korrupsiyaviy holatlarni aniqlash, ularni keltirib chiqaruvchi sabablar,
shart-sharoitlarni bartaraf etish, korrupsiyaviy
hatti-harakatlar sodir etilishining oldini olish;

Markaz xodimlarida korrupsiyaga nisbatan murosasiz munosabatni shakllantirish maqsadida ularning huquqiy ongi va madaniyatini oshirish;

Markazda korrupsiyaga qarshi profilaktik chora-tadbirlarni tashkil etish, korrupsiyaga qarshi kurashish sohasidagi qonunchilik hujjatlari ijrosini taʼminlash;

Markaz tuzilmalarida qonunchilik hujjatlariga va ichki hujjatlarga rioya qilinishini tekshirish va monitoring olib borish yli bilan ular ishini nazorat qilish va baholash, maʼlumotlarning buxgalteriya hisobi va moliyaviy hisobotda aks ettirilishining tliqligi va ishonchliligini taʼminlash, xjalik operatsiyalarini amalga oshirishning belgilangan qoidalari va taomillariga rioya etilishini nazorat qilish hisoblanadi.

 Quyidagilar Shoʻbaning asosiy vazifalari hisoblanadi:

Markazda korrupsiyaga qarshi kurashish byicha faoliyatni takomillashtirish;

Markazda korrupsiyaga oid huquqbuzarliklarning oldini olish va ularga qarshi kurashish boʻyicha profilaktik chora tadbirlarni amalga oshirish;

Markazda korrupsiyaga qarshi kurashish mexanizmlarining samarali ishlashini taʼminlash va nazorat qilish;

korrupsiyaga qarshi kurashish byicha faoliyatni amalga oshiruvchi
va ishtirok etuvchi davlat organlari bilan
hamkorlik olib borish hamda oʻz faoliyati yuzasidan hisobotlarni yuritish;

Markazda moliyaviy nazoratni tashkil etish va natijalari byicha direktorni ishonchli axborot bilan taʼminlash hamda faoliyatni takomillashtirish yuzasidan takliflar tayyorlash;

moliyaviy nazorat jarayonida aniqlanadigan kamchiliklarni bartaraf etish yuzasidan direktorga tavsiyalarni tezkorlik bilan kiritish va bartaraf etilishini nazoratga olish.

 Shoʻba oʻziga yuklatilgan vazifalarga muvofiq quyidagi funksiyalarni amalga oshiradi:

1) Korrupsiyaga qarshi kurashish faoliyatini takomillashtirish sohasida:

Korrupsiyaga qarshi kurashish byicha chora-tadbirlarni, sohaga taalluqli normativ huquqiy hujjatlar va ichki hujjatlarni ishlab chiqishda qatnashadi va ularda korrupsiya holatlarini keltirib chiqaruvchi normalarning oldini olish boʻyicha takliflar kiritadi;

Markaz faoliyatiga oid amaldagi qonunchilik hujjatlari va ichki hujjatlarda korrupsiya holatlarini keltirib chiqaruvchi normalar aniqlanganda, ularni bartaraf etish boʻyicha takliflar tayyorlaydi;

Markazda ishlab chiqilgan korrupsiyaga qarshi kurashish boʻyicha
chora-tadbirlar loyihalarini Oʻzbekiston Respublikasi qonunchilik hujjatlari, korrupsiyaga qarshi kurashish siyosati hamda boshqa tegishli ichki hujjatlarga mosligi, maqbulligi va dolzarbligi nuqtayi nazaridan baholaydi va xulosalar beradi;

korrupsiyaga qarshi kurashish faoliyatini yanada samarali tashkil etish
va takomillashtirishga qaratilgan takliflarni Markaz direktoriga kiritib boradi.

2) Korrupsiyaga oid huquqbuzarliklarning oldini olish va ularga qarshi kurashish boʻyicha profilaktik chora tadbirlarni amalga oshirish sohasida:

Markazda korrupsiyaviy xavf-xatarlarni baholaydi, ularning natijalari boʻyicha aniqlangan xavf-xatarlarni kamaytirish yuzasidan chora- tadbirlar rejalarini ishlab chiqadi va xavf yuqori lavozimlar roʻyxatini yaratadi;

Markazda oʻxshash huquqbuzarliklar sodir etilishi ehtimolini baholash maqsadida davlat hokimiyatining boshqa organlarida korrupsiyaviy huquqbuzarliklar sodir etilishining holati va yoʻnalishlari haqida maʼlumot toʻplaydi;

Maxsus axborot aloqa kanallari orqali tashkilot xodimlari tomonidan korrupsiyaviy xavf-xatarlar va huquqbuzarliklar haqida kelib tushadigan murojaatlarni tahlil qiladi va ularni belgilangan tartibda koʻrib chiqilishini taʼminlaydi;

Xodimlar oʻrtasida korrupsiyaga qarshi kurashish boʻyicha profilaktik tadbirlarni, shu jumladan individual suhbatlarni tashkil etadi va oʻtkazadi;

qoidabuzarlik holatlari boʻyicha xizmat tekshiruvlarini oʻtkazadi, ularning hisobini yuritadi hamda korrupsiya faktlariga doir maʼlumotlarning toʻliq aks ettirib borilishini nazorat qiladi;

davlat xaridlarini amalga oshirishda kontragentlarning manfaatlar toʻqnashuvini va ishonchliligini tekshirish jarayonida ishtirok etadi;

xodimlarga korrupsiyaga qarshi kurashish masalalari boʻyicha tushuntirish
va tavsiyalar beradi;

korrupsiya faktlari boʻyicha moʻljallangan maxsus axborot aloqa kanallarining ishlash natijalarini tahlil qiladi va xodimlarning korrupsiyaviy
xavf-xatarlar haqida xabardorligini kuchaytirish maqsadida tahliliy maʼlumotlarni manfaatdor shaxslarga yetkazadi;

korrupsiyaviy holatlarni va xavf-xatarlarni aniqlash, tahlil qilish va bartaraf etish maqsadida manfaatdor fuqarolar, xoʻjalik yurituvchi subyektlar va xodimlar orasida soʻrovnomalar oʻtkazadi;

belgilangan talab va meʼyorlarning buzilishi yuzasidan intizomiy javobgarlikka tortilayotgan shaxslarga jazo chorasining adolatliligi, yetarliligi
va mutanosibligini nazorat qiladi;

korrupsiyaga qarshi kurashish tizimini yanada takomillashtirish maqsadida, korrupsiya faktlari yuzasidan oʻtkazilgan xizmat tekshiruvlari natijalari boʻyicha tahlilni amalga oshiradi;

Markaz direktorining talabiga muvofiq korrupsiyaga qarshi kurashish boʻyicha amalga oshirilgan ishlar hamda aniqlangan korrupsiyaviy holatlar haqida belgilangan muddatlarda hisobot tayyorlaydi.

3) Korrupsiyaga qarshi kurashish mexanizmlarining samarali ishlashini taʼminlash va nazorat qilish sohasida:

Korrupsiyaga qarshi kurashish boʻyicha davlat dasturlarida Markazga yuklatilgan topshiriqlar ijrosi monitoringini va nazoratini amalga oshiradi;

Oʻquv rejaga muvofiq korrupsiyaga qarshi kurashish boʻyicha treninglarning oʻtkazilishi tashkillashtiradi va xodimlarning ishtirokini nazorat qiladi;

Markaz xodimlari, shu jumladan korrupsiyaviy xavf-xatari yuqori boʻlgan lavozimdagi xodimlar uchun korrupsiyaning oldini olish boʻyicha instruktaj oʻtkazadi;

Xodimlar va aholi hamda tadbirkorlik subyektlari oʻrtasida korrupsiyaga qarshi kurashish boʻyicha targʻibotlarda ishtirok etadi;

Markazning rasmiy veb-saytlaridagi hamda ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalarida joylashtirilgan maʼlumotlarni yangilab borilishini taʼminlaydi;

Korrupsiyaga qarshi kurashish siyosati, tartib va meʼyorlariga, shuningdek korrupsiyaviy xavf-xatarlarning kelib chiqishiga yoʻl qoʻyib beruvchi holatlar bilan bogʻliq odob-axloq qoidalariga rioya qilinishini monitoring va nazorat qiladi;

Odob-axloq komissiyasi tomonidan manfaatlar toʻqnashuvini tartibga solish boʻyicha qabul qilinadigan qarorlarning xolisligi va maqbulligi nuqtayi nazaridan qarorlar qabul qilinishini monitoring qiladi;

Xizmat tekshiruvlari va nazorat tadbirlari natijalari boʻyicha korrupsiyaga qarshi kurashish tizimini takomillashtirish yuzasidan tavsiyalar ishlab chiqadi;

Korrupsiyaga qarshi kurashish boʻyicha xodimlarning huquqiy savodxonligini oshirishga qaratilgan konferensiyalar, uchrashuv, seminar, tanlov
va boshqa tadbirlarni tashkil etadi;

4) Korrupsiyaga qarshi kurashish boʻyicha faoliyatni amalga oshiruvchi
va ishtirok etuvchi davlat organlari bilan hamkorlik olib borish hamda oʻz faoliyati yuzasidan hisobotlarni yuritish sohasida:

Xodimlarning huquqiy ongi va huquqiy madaniyatini yuksaltirishga, jamiyatda korrupsiyaga nisbatan murosasiz munosabatni shakllantirishga doir chora-tadbirlarning ishlab chiqilishida ishtirok etadi;

korrupsiyaviy jinoyatlarni bartaraf qilish va tegishli tadbirlarni amalga oshirishda Sogʻliqni saqlash vazirligi hamda huquqni muhofaza qiluvchi organlar bilan hamkorlik qiladi;

har chorakda va Markaz direktori talabiga koʻra Markazda korrupsiyaga qarshi kurashish boʻyicha amalga oshirilgan ishlar hamda ulardagi korrupsiyaviy holat haqida tashkilot birinchi rahbariga maʼlumot kiritib boradi;

faoliyati yuzasidan belgilangan davrlar uchun hisobotlarni tayyorlab, direktorga va tegishli organlarga taqdim qiladi.

5) Markazda moliyaviy nazoratni tashkil etish va natijalari boʻyicha direktorni ishonchli axborot bilan taʼminlash hamda faoliyatni takomillashtirish yuzasidan takliflar tayyorlash sohasida:

har yili Markaz direktori tomonidan tasdiqlanadigan rejaga muvofiq quyidagi yoʻnalishlar boʻyicha tegishli oʻrganishlar oʻtkazish yoʻli bilan moliyaviy nazoratni amalga oshiradi, jumladan:

tasdiqlangan biznes-rejaning bajarilishini nazorat qiladi;

buxgalteriya hisobi va moliyaviy hisobotning holatini oʻrganib, nazorat qiladi;

moliya-xoʻjalik faoliyatini amalga oshirishda qonunchilik hujjatlariga rioya etilishini oʻrganish ishlarini, zarur hollarda Markazning tegishli mutaxassislarini jalb qilgan holda, amalga oshiradi;

moliyaviy nazorat jarayonida kamchiliklar aniqlangan taqdirda, ularni bartaraf etish yuzasidan tavsiyalar ishlab chiqib, Markaz boʻlinmalariga kiritadi hamda ijrosi taʼminlanishini nazorat qiladi;

Markaz faoliyatidan kelib chiqib, Markaz direktori tomonidan qonunchilik hujjatlariga muvofiq oʻrganish oʻtkazishning boshqa yoʻnalishlari belgilanishi ham mumkin.

Shoʻba oʻz vakolatlari doirasida Markaz direktorining buyrugʻiga muvofiq korrupsiyaga qarshi kurashish yoʻnalishi boʻyicha boshqa vazifa va funksiyalarni ham amalga oshirishi mumkin.

Shoʻba va uning xodimlariga ushbu Nizom va boshqa qonunchilik hujjatlarida nazarda tutilmagan funksiyalarning yuklatilishiga yoʻl qoʻyilmaydi.

 Shoʻba oʻz zimmasiga yuklatilgan vazifalar va funksiyalarni bajarish uchun quyidagi huquqlarga ega:

Markaz boʻlinma va filiallaridan vakolatiga kiruvchi masalalar yuzasidan korrupsiyaga qarshi kurashish yoʻnalishida hujjatlarni, statistik va boshqa maʼlumotlarni, tahliliy materiallarni, xulosalar va boshqa axborotlarni soʻrab oladi;

Shoʻbaga yuklatilgan vazifalarni bajarish doirasida xodimlardan zarur yordamlarni soʻrab oladi;

Markaz xodimlariga nisbatan aniqlangan korrupsiyaviy huquqbuzarliklar yuzasidan xizmat tekshiruvlarini oʻtkazadi;

Markaz direktorining buyrugʻi bilan tayinlanlangan moliyaviy nazorat
va xizmat tekshiruvlari doirasida boʻlinmalar va filiallar maʼmuriy binolari
va xonalariga cheklovsiz kiradi, oʻrganish va tekshiruvlar jarayonida tegishli hujjatlarni, shu jumladan moliyaviy-xoʻjalik faoliyatiga oid hujjatlarni talab qilib oladi, ulardan nusxa oladi, xona va jihozlarni, shu jumladan temir shkaflarni koʻzdan kechiradi, lozim hollarda ularni muhrlaydi;

moliyaviy nazoratni amalga oshirish, xizmat tekshiruvlari, shuningdek boshqa oʻrganishlar jarayonida moliyaviy hisobotlar koʻrsatkichlarining ishonchliligini tekshiradi, holatga aniqlik kiritish maqsadida xodimlar bilan suhbat oʻtkazadi, tushuntirish xatlarini oladi;

moliyaviy nazorat va xizmat tekshiruvlarini oʻtkazish uchun Markazda faoliyat yuritayotgan malakali mutaxassislarni hamda direktorning roziligi asosida tashqi mutaxassislarni jalb qiladi;

korrupsiyaga qarshi kurashish borasida Markaz tarkibiy boʻlinma
va filiallariga yozma koʻrsatmalar, koʻrsatma xatlari va tavsiyalar beradi;

Markazda joriy etilgan dasturiy mahsulotlar, video, audio uskunalar hamda elektron nazorat tizimlaridan foydalanadi, ularning hisobotlari bilan tanishadi;

Shoʻba tomonidan aniqlangan kamchiliklarni bartaraf etish boʻyicha tavsiyalarni bajarmaslik yoki lozim darajada bajarmaslik holatlari yuzasidan Markaz direktoriga aybdor xodimlar masʼuliyatini koʻrib chiqish boʻyicha takliflar kiritadi;

Shoʻba amaldagi qonunchilik hujjatlarida va ichki hujjatlarda korrupsiyaga qarshi kurashish yoʻnalishi boʻyicha belgilangan boshqa huquqlarga ham ega boʻlishi mumkin.

 Shoʻba zimmasiga yuklatilgan vazifalarni bajarishda quyidagi majburiyatlarga ega:

qonunchilik hujjatlari bilan yuklatilgan vazifa
va funksiyalar ijrosini lozim darajada taʼminlash.

Biz bilan bog’lanish:

Tel.: 71 203-01-01

e-mail: farmkomitet@ssv.uz

17.11.2023